Bosh sahifa/KITOBLAR/45-maydon

45-maydon

“45-MAYDON”

Kitob nomi: “45-maydon”

Janr: Qissa

Muallif: Sobirjon Hakimov

Nashriyot: “Ijod-Press”

“45-maydon” kitobi sho‘rolar davridagi armiyaning ichidan chirigan beshafqat hayot tarzini andijonlik O‘lmasjon degan yigit misolida haqqoniy va qiziqarli ko‘rsatib beradi. O‘lmasjon o‘sha paytlarda juda kam uchraydigan sharqona yakka kurash bo‘yicha tengsiz jangchi edi. Jang san'atini kolxoz molxonasi qorovuli bo‘lib ishlaydigan Boybuva laqabli xitoy chol o‘rgatgandi.

Kunlar kelib O‘lmasjon armiya yoshiga yetadi. Bu yigitdagi qobiliyatni payqagan tuman harbiy qo‘mitasi boshlig‘i Boyatkin uni kuzgi chaqiruvda SSSR Harbiy havo kuchlariga – desanturaga yuborishni rejalashtiradi. Biroq o‘sha mavsumdayoq, ya'ni bahorning o‘zida anglashilmovchilik tufayli kimdir O‘lmasjonni armiyaga ketadiganlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yadi va u taqdir taqozosi bilan qurilish bataloniga tushib qoladi. Shu tariqa sharq yakkakurashi ustasi bo‘lmish chekka qishloq yigiti hozirgi Qozog‘istonning “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromi hududida qurilish ishlarini bajaruvchi batalon askariga aylanadi. Ular xizmat qiladigan joy turli maydonlarga bo‘lingan bo‘lib, har biri alohida raqamlangan edi. O‘lmasjon va xizmatdoshlari qo‘nim topgan maydon cho‘lning yuz chaqirim ichkarisidagi “45-maydon” deb ataladigan xosiyatsiz makon edi. Hammasi armiyaga ketishayotganida poyezd vagonlaridayoq boshlangandek ko‘rinsa-da, yosh askarlar – “molodoy”lar uchun haqiqiy qora kunlar endi kelgandi. Bu yerdagi “dedovshina” chidab bo‘lmas darajada bo‘lsa-da, aslida undan-da yomoni bor edi: millatchilik, millatchilik va yana millatchilik.

O‘qing! Kavkazlik askarlar qo‘lga olgan qurilish batalonidagi o‘rta osiyoliklarning qora kunlari! “Bo‘lib tashla va hukmronlik qil!” shiorini o‘ziga qonun qilib olgan rus ofitseri Xolodov buyrug‘i bilan o‘rta osiyoliklarning boshlariga solingan dahshatli ko‘rguliklar!..

Darvoqe, sodda va yuvosh yigitlar orasida tengsiz jangchi borligini kavkazliklar ham, Xolodov ham kutmagandi. “45-maydon” – Qozog‘istondagi qurilish batalonidan Afg‘onistondagi maxsus kuchlar jangchisi darajasigacha yetgan oddiy o‘zbek yigitining mashaqqatli va qahramonona hayoti haqidagi ta'sirli qissa!

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!